Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston TIV Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishSituatsiya u aeroporta Kabula
Situatsiya u aeroporta Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi.
TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi.
Afganskiye jiteli naprotiv amerikanskix soldatov v aeroportu Kabula  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kobuldagi portlashlar oqibatida 1300 nafardan ortiq kishi jarohatlandi
“Oʻzbekiston Kobul shahrida sodir etilgan va koʻplab insonlarning hayotiga zomin boʻlgan terroristik xurujlarni qatʼiyan qoralaydi.
Afgʻonistondagi barcha tomonlarni milliy yarashuv va kelishuvga erishish, koʻp millatli Afgʻoniston xalqi manfaatlari yoʻlida mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatish maqsadida bosiqlik va konstruktiv yondoshuv namoyon etishga chorlaymiz.
Ushbu shafqatsiz hujumlarda qurbon boʻlganlar va jabr koʻrganlarning oilalariga samimiy hamdardlik izhor etamiz.
Oʻzbekiston bundan keyin ham afgʻonlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, Afgʻonistonda tinchlik-osoyishtalik va farovonlikka erishishda keng koʻlamli yordam koʻrsatishda davom etadi”, - deyilgan TIV bayonotida.
26 avgust, payshanba kuni Kobul hududida portlashlar yuz berdi, OAV malumotlariga koʻra, 170 nafardan ortiq kishi, shu jumladan AQSH harbiylari qurbon boʻldi. Hujum uchun javobgarlikni “ISHID” (Rossiyada taqiqlagan terrorchilik tashkiloti) terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga oldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala