Iqtisod

Aholining minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi belgilandi

© AP Photo / Matthias Balk/dpa Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Germanii
Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. “Minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.
2022 yildan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish jarayonida qoʻllaniladigan va jon boshiga toʻgʻri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal isteʼmol xarajatlariga tenglashtiriladi.
Har yili avgust oyigacha minimal isteʼmol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.
Minimal isteʼmol xarajatlari va kambagʻallik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar eʼlon qilib boriladi.
Minimal isteʼmol xarajatlari tarkibi kamida har 5 yilda qayta koʻrib chiqiladi.
Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda ilk bor minimal isteʼmol xarajatlari miqdori hisoblab chiqildi
Qaror bilan Aholining minimal isteʼmol xarajatlari qiymati va kambagʻallik chegarasini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala