Jamiyat

Yer uchastkalarini davlat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish tartibi belgilandi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Fotobankka oʻtishMagistralnыy orositelnыy kanal v Krasnodarskom kraye
Magistralnыy orositelnыy kanal v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki foydalanishga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Qishloq xoʻjaligi maqsadlariga moʻljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi.
Reglamentga koʻra, yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida boʻlgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ulardan olib qoʻyilgandan (sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin beriladi.
Yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari buyurtmachi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Shartnoma tuzilgandan keyin 20 ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yigʻmajildi tayyorlanadi va “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Siyosat
Oʻzbekiston tarixidagi eng katta islohot: Mirziyoyev yer haqidagi Qonunni imzoladi
Hokimliklar hujjatlar yigʻmajildini olgandan soʻng uni 5 ish kuni davomida oʻrganadi hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.
Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan 20 ish kuni davomida oʻtkaziladi.
Keyin hujjatlar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqilib, ajratiladigan yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlanadi.
Shunga koʻra, yer uchastkasini ajratish materiallari vakolatli organlar bilan kelishiladi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilingach, shu asosda 3 ish kunida yer uchastkasi chegaralari joyida (naturada) belgilanadi.
Buning uchun BHMning uch yarim baravari miqdorida haq undiriladi.
Huquqiy ekpertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Pole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Jamiyat
Yer nazoratiga oid maxsus telegram-bot ishga tushdi
Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki foydalanishga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala