Rossiya

Eskpert “Shimoliy oqim-2”ni sotish gʻoyasiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Dmitriy Lelchuk / Fotobankka oʻtishPort Mukran - logisticheskiy tsentr "Severnogo potoka-2"
Port Mukran - logisticheskiy tsentr Severnogo potoka-2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
OAVlar “Gazpromga” Yevropa Ittifoqi qoidalarini chetlab oʻtish uchun “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini sotishni taklif qilingani haqida yozmoqda.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Nemis amaldorlari “Gazpromga” Yevropa Ittifoqi qoidalarini chetlab oʻtish uchun “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini sotishni taklif qilishdi, deya yozmoqda OAVlar. Bu gʻoyaga Sputnik radiosi efirida Mintaqaviy masalalar instituti rahbari, Rossiya Federatsiyasi huzuridagi Moliya universiteti dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Dmitriy Juravlyov munosabat bildirdi.
“Gaz direktivi gaz qazib olish va transportirovkasi bitta qoʻlda boʻla olmasligini nazarada tutadi. Shu bois YEIda taklif qilishyaptiki: gazingizga teginmaymiz, biroq bu direktiva ijro etilishi uchun “Gazprom” bizga gaz quvurining oʻzini sota qolsin. Ular bir necha marta neft quvurlarig ham shunday taklif bilan chiqishgandi, lekin, kechirasiz-u, kovushini toʻgʻrilab qoʻyishdi”, - deydi siyosatshunos.
Uning taʼkidlashicha, bu Gʻarbning agar biror bir texnologik jarayon taqsimlansa, u yanada raqobatli va samarali boʻladi degan mutlaqo yanglish gʻoyasi asosida tuzilgan xomxayol orzusidir. “Shimoliy oqim-2” nisbatan bu gʻoya ish bermaydi.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SSHA sanktsiyami v otvet na popыtku ostanovit Severnыy potok - 2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Kolumnistlar
Ukraina endi jim boʻladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi
“Raqobat – bu ikki kompaniya ishlab chiqarishni bir qismini boshqasidan ajratishi emas, balki bitta isteʼmolchi uchun kurash olib borishidir. Ikkita oʻzaro bogʻliq ishlab chiqarish loyihalari raqobat qilmaydi, aksincha bir-birini toʻldiradi”, - deydi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala