Jamiyat

Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali ochiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishGlavnoye zdaniye Kazanskogo federalnogo universiteta.
Glavnoye zdaniye Kazanskogo federalnogo universiteta.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Filialda taʼlim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali tashkil etildi.
Qarorga koʻra, Filialda geologiya, dasturiy injiniring, iqtisodiyot, davolash ishi, stomatologiya, mashinasozlik, farmatsiya, tibbiy biokimyo bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Filialda taʼlim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi. Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi va boshqa taʼlim shakllarida olib boriladi.
Talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari 3 yildan kam boʻlmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan Oʻzbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.
Bitiruvchilarga Oʻzbekiston va Rossiyada oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan Universitet Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi hamda mazkur yoʻnalishlarda oʻqishga qabul qilingan talabalar kelgusida oʻqishlarini Filialda davom ettiradi.
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Jamiyat
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
2022 yil yakunigacha Filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala