Hodisalar

Sirdaryoda 9,2 mlrd soʻmlik noqonuniy mayning-ferma fosh qilindi

© Sputnik / Vladimir TrefilovSuvenirnaya moneta bitkoin
Suvenirnaya moneta bitkoin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
E.D. va X.I.dan 11 turdan iborat jami 3529 dona, taxminiy qiymati 9,2 milliard soʻmlik kompyuter qurilmalari dalil sifatida olingan.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududida mayning-fermalardan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.D.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilgan. Aniqlanishicha, fuqaro X.I. kompyuter ehtiyot qismlaridan qoʻlbola usulda yasalgan, katta hajmdagi kripto-aktiv qurilmalaridan litsenziyasiz foydalanib kelgan.
Shuningdek, tadbir davomida elektr energiyasidan foydalanish holati oʻrganilgan. Unda, 265,2 mln soʻm miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
E.D. va X.I.dan 11 turdan iborat jami 3529 dona, taxminiy qiymati 9,2 milliard soʻmlik kompyuter qurilmalari va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan.
Surishtiruvda fuqaro X.I. bu noqonuniy faoliyatni Janubiy Koreya davlati fuqarosi S.Y. bilan birgalikda tashkillashtirgani oydinlashgan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Texnologiya blokcheyn i moneta bitkoin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2019
Iqtisod
Nima uchun kriptovalyutalar uchun elektr energiyasiga mutanosib haq toʻlash kerak?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala