Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Lavrov Baydenning boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslik haqidagi bayonotini olqishladi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Lavrov Baydenning boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslik haqidagi bayonotini baholadi.
TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden boshqa davlatlarning ishlariga aralashishni toʻxtatish haqida bayonoti berdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning soʻzlariga koʻra, bu ijobiy holat, Moskva bu yondashuvni olqishlaydi.

"Juda qiziq fursat, buni AQSH prezidenti Bayden ham, Frantsiya prezidenti Makron ham qayd etishdi: ikkalasi bir yoki ikki kunlik tanaffus bilan boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, ularga Gʻarb uslubidagi demokratiyani oʻrnatishni toʻxtatish vaqti kelganini eʼlon qilishdi",- dedi Lavrov MGIMO talabalari bilan uchrashuvda.

"Biz bunday bayonotlarni olqishlaymiz. Biz anchadan buyon gʻarblik hamkasblarimizni soʻnggi oʻn yillikda oʻzlari aralashib qolgan avantyulardan saboq olishga chorlab kelganmiz", - dedi vazir.
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Qoʻrqoq va xoinmi? Afgʻon elchisi Ashraf Gʻani haqida
“Umid qilamanki, agar bu bayonot mashaqqatli xulosani aks ettirsa, kelajakda sayyoramiz ozgina tinchroq boʻladi”, - deb qoʻshimcha qildi diplomat.
Dushanba kuni AQSH Afgʻonistondan toʻliq qoʻshinlarni olib chiqib, 20 yillik missiyasini yakunladi. Seshanba kuni xalqqa qilgan oʻz murojaatida Jo Baydenning aytishicha, AQSH Afgʻonistondan chiqib ketishi boshqa mamlakatlarni kuch bilan qayta tiklashga urinish davri ostiga chiziq chizadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala