Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Qoʻrqoq va xoinmi? Afgʻon elchisi Ashraf Gʻani haqida

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Ashraf Gʻani qanday qochib ketgan edi? Afgʻon elchisi tafsilotlarni oshkor qildi.
TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. 15 avgust kuni Afgʻonistondan uchib ketishidan bir necha soat oldin, prezident Ashraf Gʻani hukumat bilan yigʻilish oʻtkazishni belgiladi, oʻzi esa Kobul aeroportiga yoʻl oldi. Bu haqda respublikaning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agʻbar RIA Novostiga bergan intervyusida soʻzlab berdi.

“Gʻani nafaqat oʻz safdoshlarini tashlab, qochib ketdi, balki xalqni talon-taroj qilib, byudjet pullarini oʻzi bilan olib ketdi. Uning qochib ketishni rejalashtirganini hech bir oʻrinbosari bilmagandi. Gʻani hukumati mudofaa vazirining soʻzlariga koʻra, men u bilan kecha shaxsan gaplashganman, prezident maslahatchisi (harbiy idoraga) qoʻngʻiroq qilib, soat 16:00da yigʻilishga kelishini aytdi. Ular tayyorgarlik koʻrishdi, uni kutib oʻtirishdi, lekin aynan shu vaqtda Gʻani va uning qarindoshlari bilan uchta samolyotda Kobul aeroportidan uchib ketishdi”, - dedi diplomat.

Elchining soʻzlariga koʻra, Gʻanining xoinligi Tolibon*ning hokimiyatni tez egallab olishiga sabab boʻlgan. Muhammad Zohir Agʻbar, shuningdek, Afgʻonistonning sobiq rahbari vijdonli amaldorlarni hukumatdan chetlatib, ularning oʻrniga tajribasizlar bilan almashtirganini taʼkidladi.
Garchi armiya askarlari zamonaviy qurollarga ega boʻlgani va NATO davlatlari mutaxassislari tomonidan tayyorlangan boʻlsa ham Tolibon* oʻn kun ichida mamlakatni egallab olishga muvaffaq boʻldi.
Ashraf Gani vo vremya videoobraщeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Ashraf Gʻani qayerdaligi maʼlum boʻldi
Avgust oyining birinchi oʻn kunligida Tolibon* jangarilari AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqib ketishi fonida hukumat kuchlari pozitsiyalariga qarshi hujum qildi va 15 avgustda Kobulga kirdi.
Prezident Ashraf Gʻani respublikani tark etdi va ikki kundan soʻng BAAdan videomurojaat bilan chiqdi. U isteʼfoga chiqishi bilan "qirgʻinning oldini olishni" xohlaganini aytdi va respublikaga qaytishga vaʼda berdi.
Gʻani uchib ketganidan soʻng, Afgʻoniston vitse-prezidenti Amrulla Solih oʻzini vaqtinchalik davlat rahbari deb eʼlon qildi va Kobul shimolida toʻplangan qarshilik koʻrsatish kuchlariga qoʻshildi.
Tolibon* liderlari xorijiy askarlar ketishi va hukumatning haqiqiy oʻzgarishi bilan mamlakatdagi urush tugaganini va ular yaqin kelajakda yangi davlat boshqaruvi shakli toʻgʻrisida qaror qabul qilishlarini aytishdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala