Rossiya

Rossiya Gʻarb bilan hamkorlik qilishga tayyor – Lavrov

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Rossiya Gʻarb bilan hamkorlik qilishga tayyor – RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya qarama-qarshilikka yoki undan ham yakkalanishga intilmayapti, u Gʻarb bilan hamkorlik qilishga tayyor, lekin "oʻqituvchi-shogird" tamoyili boʻyicha emas, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Biz hech qachon na qarama-qarshilik, na oʻz-oʻzini izolyatsiya qilishga intilmaganmiz, va agar ular oʻz yondashuvini oʻzgartirib, lekin Rossiya oʻquvchi, oʻz uy vazifasini bajarishi kerak, ular esa hamma narsani biladigan va gunohsiz oʻqituvchi sifatida harakat qilishni bas qilsa, Gʻarb davlatlari bilan muloqotga ochiqmiz. Hech kim bilan bunday gaplashib boʻlmaydi, ayniqsa Rossiya bilan", - dedi u MGIMOda chiqish paytida.
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Lavrov Baydenning boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslik haqidagi bayonotini olqishladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning soʻzlariga koʻra, Gʻarb Rossiya bilan teng huquqli gaplashishni istamaydi, lekin bu hech qayerga olib bormaydigan yoʻl.
"Davlatlararo miqyosda gʻarblik hamkasblarimizda biz bilan teng sharoitda gaplashish istagi yoʻq, har doim bizdan xulq-atvorimizni oʻzgartirish, oʻzlari toʻgʻri deb oʻylaydigan darajada oʻzimizni tutishimizni talab qilishadi. Bu hech qayerga olib bormaydigan yoʻl", - dedi Lavrov.
Rossiya bir-birining manfaatlarini inobatga olgan holda ochiq, konstruktiv, oʻzaro hurmatga asoslangan muloqotga ochiq, deb taʼkiladi diplomat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala