Siyosat

"U surbetlik qilgani yoʻq": Kreml ochiq dars paytida Putinni toʻgʻrilagan oʻquvchi haqida

© POOLPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Kreml vakili Dmitriy Peskovning taʼkidlashicha, RF prezidentini toʻgʻrilagan maktab oʻquvchisini hech kim oʻqishdan haydamaydi.
TOSHKENT, 2 sen - Sputnik. Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinni toʻgʻrilagan vorkutalik oʻquvchining soʻzlarini surbetlikka yoʻymaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, vorkutalik maktab oʻquvchisi Nikanor Tolstix "Okean" bolalar markazidagi ochiq dars vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni gapini toʻgʻriladi.
Putin Pyotr I Shvetsiya bilan XVIII asr boshida olib borgan urushni Yetti yillik urush deb atagan edi. Shunda maktab oʻquvchisi qoʻlini koʻtarib, soʻz oldi va aslida gap Shimoliy urush haqida borayotganiga aniqlik kiritdi.
"Buni mening... yoʻymaysiz degan umiddaman. Xullas, u Yetti yillik urush emas, shunchaki Shimoliy urush deb atalgan. Shimoliy urush 1700 yildan 1721 yilgacha davom etgan", - degan oʻquvchi.
Mne udalos dobitsya togo, o chem mechtal: Putin rasskazal, kem xotel stat v detstve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Video
Putin bolaligida kim boʻlishni xohlaganini aytdi - video
"Ha, bu Shimoliy urush, albatta. Toʻgʻrilaganing uchun rahmat", - deya javob bergan Vladimir Putin.
Oʻsmirning bu harakatidan keyin maktab rahbari Nikanor davlat rahbarini toʻgʻrilashi kerak emas edi, masalan oʻzi hech qachon bunday qilmagan boʻlganini, yoshlarga esa surbetlik xosligini bildirib oʻtgan.
Direktorning bu gapidan keyin prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Kreml maktab rahbarining bu soʻzlariga qoʻshilmasligini va bolani hech kim maktabdan haydamasligini aytgan.
"Hech kim bolani maktabdan haydamaydi, ayniqsa bunday iqtidorli va bilimdon bolani. Bu hech qanaqasiga surbetlik emas. Biz maktab direktorining soʻzlariga mutlaqo qoʻshilmaymiz", - degan Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Peskovning aytishicha, Rossiya prezidentining oʻzi ham koʻpincha agar qandaydir nomuvofiqlikni koʻrsa, suhbatdoshini toʻgʻrilaydi. Bolaga esa, barakalla, deymiz, deya qoʻshimcha qilgan u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala