Jamiyat

Oʻzbekistonga koronavirusning yangi shtammlariga chidamli preparat keltirildi

© Uzbekskiye avialiniiSpetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta
Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan oʻlim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgani aytilmoqda.
TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. Oʻzbekistonga koronavirusning yangi shtammlariga chidamli preparat keltirildi, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Bir muddat oldin Germaniya Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yuborishi haqida xabar berilgan edi.
Kecha tunda Toshkent Xalqaro aeroportida ushbu dori vositasi qadoqlarini qabul qilib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Yukning umumiy qiymati 20,6 mln yevroni tashkil qiladi.
Pomidor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaktsina yaratildi
Unda Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari, Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Casirivimab/Imdevimab (Shveytsariyaning "Roche" farmatsevtika kompaniyasidan) COVID-19 ga qarshi sunʼiy "antitanachalar kokteyl"i boʻlib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi, deyiladi vazirlik xabarida.
Tadqiqot natijalariga koʻra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan oʻlim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgan.
Sentyabr oyi boshi holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiya qayd etilganlar soni 157 872 nafarga yetdi, 1093 kishi ushbu kasallik qurboniga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala