Putin: Rossiya va Ukraina ertami-kechmi munosabatlarni qayta tiklaydi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi hozirgi munosabatlarni normal deb baholab bo‘lmasligini ta’kidladi.
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Rossiya-Ukraina munosabatlari ertami-kechmi qayta tiklanadi, deb bayonot qildi juma kuni RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum(VEF)ning yalpi majlisida.
Rossiya yetakchisi ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi uchun sayi-harakat qilsa, kelajakda VEFda qatnashishi mumkin, degan fikrni bildirdi.
"Biz bugun guvohi bo‘lib turgan vaziyat mutlaqo notabiiy, normal deb bo‘lmaydi uni. Ertami-kechmi, albatta, bu qancha erta ro‘y bersa, shuncha yaxshi, biz Ukraina bilan munosabatlarni to‘liqformatli ko‘lamda qayta tiklaymiz", – deb ta’kidladi Putin, uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
LIVE_SPUTNIK: Pramaya liniya s Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Putin Afg‘onistondagi vaziyatni gumanitar falokat deb baholadi
Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, Ukraina hukumatining qanchadan qancha avlodi RF bilan munosabatlarni qayta tiklash shiorlari bilan tepaga keladi, biroq amalda esa ular "saylovchilarni aldashdan nariga o‘tmaydi".
"Bu o‘ta so‘l millatchilar ta’siri ostida ro‘y bermoqda. Shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, saylangan yetakchilar, oliy kabinetlarga kirib olgach, ukrain jamiyatining aynan shu qismidan xavfsirashni boshlaydilar va ular ambitsiyalarini qanoatlantirish uchun hamma ishni qiladilar", - dedi Rossiya prezidenti.
Sal avval Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov "Izvestiya"ga bergan intervyusida Putin va Zelenskiy uchrashuvi ro‘y berishi ehtimoli borligini, ammo unga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida gapirgan edi.
Shu bilan birga, Peskov, bu uchrashuv 2021-yil yakunigacha ro‘y berishi mumkinligiga shubha bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0