Jamiyat

Qashqadaryoda 3 egizakka prezident oila aʼzolarining ismi qoʻyildi

CC0 / pixabay / Novorojdennыy rebenok
Novorojdennыy rebenok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Yakkabogʻlik oilaning 3 nafar egizak chaqaloqlariga prezident oila aʼzolarining ismi qoʻyildi.
TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Yakkabogʻlik oilaning 3 nafar egizak chaqaloqlariga prezident oila aʼzolarining ismi qoʻyildi.
Yakkabogʻ tumani Gʻozliq mahallasi Qoʻtontepa qishlogʻida istiqomat qiluvchi Muslimbek Xazratov va Navbahor Dushayeva oilasida 3 nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi.
Bu haqda “Nasafnews”ga qizaloqlarning bobosi Shodiyor Safarov maʼlum qildi.
Rebenok v roddome - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.01.2021
Oʻzbekistonda 1 yanvar kuni qancha chaqaloq tugʻildi
Shodiyor Safarovning aytishicha, egizaklar 31 avgust kuni Toshkent shahridagi perinatal markazda tugʻilgan.
Ularga prezident Shavkat Mirziyoyevning oila aʼzolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Shahnozaxon va Saidaxonning ismi qoʻyildi.
Muxbir bilan suhbatlashgan Shodiyor Safarovning aytishicha, bu borada prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala