Iqtisod

Gʻalla hosili uchun minimal narx maʼlum qilindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishUborka urojaya zernovыx na polyax
Uborka urojaya zernovыx na polyax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.09.2021
2022 yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna gʻalla hosili uchun 2,5 mln soʻm boʻlishi eʼlon qilindi.
TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbeksiton fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022 yil gʻalla uchun kutilayotgan minimal narxni eʼlon qildi. Bu haqda AOKAning rasmiy telegram’ kanalida maʼlumot berildi.
Uborka zernovыx. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2020
Iqtisod
Qozogʻiston Oʻzbekistonga gʻalla va un eksportini davom ettiradi
Taʼkidlanishicha kelgusi yil 1 tonna gʻalla hosili 2,5 mln soʻm boʻlishi kutilmoqda. Ushbu raqamlar Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi gʻalla xarid narxlari tahlil qilinib va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakteriga ega boʻlib, gʻalla yetishtiruvchi va uni xarid qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida gʻalla xarid narxlarini oʻzaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader