Jamiyat

Oʻzbekistonda 700dan ziyod kovid va pnevmoniya holatlari aniqlandi, 11 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGospital dlya lecheniya bolnыx Covid-19
Gospital dlya lecheniya bolnыx Covid-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.09.2021
Sutka davomida 648 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 159 209 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Bir sutka davomida 648 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 159 209 nafarni tashkil qilmoqda.
Skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Hodisalar
SSV Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi onaxonning murojaatini nazoratga oldi
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (65), Andijon viloyatida (21), Buxoro viloyatida (12), Jizzax viloyatida (18), Qashqadaryo viloyatida (11), Navoiy viloyatida (10), Namangan viloyatida (18), Samarqand viloyatida (49), Sirdaryo viloyatida (15), Surxondaryo viloyatida (14), Fargʻona viloyatida (52), Xorazm viloyatida (14), Toshkent viloyatida (106), Toshkent shahrida (243) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 151 067 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizga yetdi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 7 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 1106 kishi pandemiya qurboni boʻldi.
Novorojdennыy rebenok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Jamiyat
Qashqadaryoda 3 egizakka prezident oila aʼzolarining ismi qoʻyildi

Pnevmoniya holatlari

71 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Jami bemorlar soni 24 339 nafarga yetdi.
Kecha ularning 223 nafari sogʻayib, umumiy sogʻayganlar soni 17 269 nafarni tashkil qilmoqda. 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 184 nafarga yetdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 219,0 milliondan oshdi, 4,5 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (39,8 mln), Hindistonda (32,9 mln), Braziliyada (20,8 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala