Jamiyat

Test natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar qachon apellatsiya shikoyati berishlari mumkin

Devushka za noutbukom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2021
Oʻzbekistonda abituriyentlar 5–14 sentyabr kunlari onlayn apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 5 sentyabrdan apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi xabar qilmoqda.
Shikoyatni onlayn apellatsiya.dtm.uz sayti orqali berish mumkin. Apellatsiya arizalari 14 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Bunda apellyatsiya arizasini bermoqchi boʻlgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining "Bakalavr-2021" boʻlimiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.
Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennыx abituriyentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Jamiyat
"Mandat": imtihon yakuniy natijalari bugun eʼlon qilinadi - DTM
Agar abituriyent haqiqatan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan boʻlsa, apellyatsiya arizasini berishi mumkin boʻladi va ariza berish oynasi ochiladi.
Mazkur sahifaga tegishli maʼlumotlarni kiritish orqali apellyatsiya arizasi beriladi.
Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.
Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2021 yil 7 sentyabrdan boshlanadi.
Apellatsiya.dtm.uz saytida uchta boʻlim mavjud boʻlib, magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining chet tili fani va xorijiy davlatlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha apellyatsiya arizalari mazkur imtihonlarning yakuniy natijalari eʼlon qilingandan soʻng ishga tushiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala