Siyosat

Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGolosovaniye na parlamentskix vыborax v Uzbekistane
Golosovaniye na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Oʻzbekistonda saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga 21,2 million kishi kiritilgan.
TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda bu yilgi prezident saylovilarida qatnashish uchun saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soni 21,2 million nafarni tashkil qiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev maʼlum qildi.
“Joriy yilda Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga kiritilgan 21 249 921 nafar saylovchidan 6 993 924 nafari 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni tashkil etadi. Shulardan 880 155 nafari bu yil ilk marotaba oʻzining saylov huquqidan foydalanadi”, - dedi u MSKning navbatdagi majlisi davomida.
MSK raisining soʻzlariga koʻra, saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda oʻnlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Nizomxoʻjayev 12 sentyabrgacha okrug saylov komissiyalari qarorlariga asosan uchastka saylov komissiyalari tuzilishi va 14 sentyabrgacha matbuotda eʼlon qilinishi zarurligini eslatdi.
Kandidat v prezidentы Uzbekistana ot NDPU Maksuda Vorisova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Siyosat
Maqsuda Vorisova prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
Bundan tashqari, 17 sentyabrgacha uchastka saylov komissiyalari tomonidan Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatida (SYAERda) taqsimlangan saylovchilarning dastlabki roʻyxati olinishi shart.
Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Oʻzbekiston prezidenti saylovlari joriy yil 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader