Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar Afgʻonistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qilishga tayyor

© AFP / WAKIL KOHSARVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Toliblar Afgʻoniston yangi hukumatini eʼlon qilishga tayyorgarlik jarayoni yakuniga yetdi, deya bayonot qildilar
TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. "Tolibon"* harakati vakili Axmadulla Muttakiy toliblar Afgʻonistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qilishga tayyor, deya bayonot qildi.
"Islom hukumatini eʼlon qilishga doir tayyorgarlik ishlari yakunlandi", - deb yozdi Muttakiy Twitter ijtimoiy tarmogʻida.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Bayden toliblarni tan olish haqidagi savolga javob berdi
Bundan tashqari, toliblar vakilining soʻzlariga koʻra, yangi saylangan hukumat haqida eng yaqin vaqtda eʼlon qilinadi. Hozircha hech qanday ism aytilgani yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq toliblar yangi hukumatga mamlakatda istiqomat qiluvchi barcha etnik guruhlar yetakchilari kirishi haqida xabar berishgan edi.
Vaʼda qilingan hukumatda "amir-al-moʻminin" unvoni boʻlib, aynan u Afgʻoniston Islom Amirligiga rahbarlik qilishi aytilmoqda.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala