Dunyoda

Toliblar yangi hukumatni eʼlon qildi, ammo uning tarkibi AQShga maʼqul kelmadi

Toliblar hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib toliblar rahbariyatining sobiq vakili Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
TOSHKENT, 8 sen - Sputnik. "Tolibon"* harakati 7 sentyabr kuni Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi. Asosiy lavozimlar harakatning mashhur aʼzolariga nasib etdi.
Xususan, toliblar oʻtgan safar hukumat tepasiga kelganida (1996-2001 yy) TIV rahbari lavozimini egallagan va 2001 yildan buyon BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Mulla Xasan Oxund - hukumat boshligʻi (bosh vazir) vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi. Mulla Birodar — uning birinchi oʻrinbosari; Mavlavi Hanafi — ikkinchi oʻrinbosari etib tayinlanishdi.
Afgantsы v improvizirovannom lagere vozle jeleznodorojnoy stantsii v Chamane, Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻonistonda tez kunda ochlik boshlanishi mumkin - BMT
Toliblar hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib toliblar rahbariyatining sobiq vakili Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
Muhammad Yoqub "Tolibon"* yetakchisi mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimini egalladi.
IIV rahbari etib mulla Sarojiddin Xaqqoniy tayinlandi.
 Axmad Shax Masud - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Ahmad Shoh Masʼudning qabrini tahqirlashdi
Tolo News nashrining toliblar rasmiy vakili Zabiulla Mujohid soʻzlariga tayanib bergan xabariga koʻra, "Tolibon"* harakati yetakchisi Xaybatulla Oxunzod Afgʻonistonning yangi hukumati eʼlon qilinganidan soʻng, harakat yetakchisi maqomini saqlab qoladi. Oxunzoda toliblar tomonidan seshanba kuni eʼlon qilingan muvaqqat hukumat tarkibiga kiritilmadi.
Bu orada AQSH Davlat departamenti vakili Afgʻonistonning yangi shakllantirilgan hukumatida alohida shaxslar borligi va ayollar yoʻqligidan havotirdaligini bildirdi.
Davlat departamenti rasmiy vakili AQShni ayrim shaxslarning (siyosiy) mansubligi va (hukumatdagi ayrim shaxslarning) tarjimai holi juda tashvishlantirmoqda.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, vazirlar mahkamasi toʻlaligicha toliblar yoki ularning yaqin ittifoqdoshlaridan iborat va umuman ayollarni istisno etgan. "Biz shunga aniq shama qilgan edikki, bizning fikrimizcha, afgʻon xalqi inklyuziv hukumatga munosib", - degan Davlat departamenti vakili.
* RFda taʼqiqlangan xalqaro terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala