O‘zbekiston havo hujumidan himoya qilish tizimini yanada kuchaytiradi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie
Uzbekskie voyennie  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev: qo‘shni mintaqalardagi ziddiyat va qurolli nizolar O‘zbekistonning xavfsizligi va tinchligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP quroltoyida mamlakat mudofaa salohiyati va harbiy qudrati yanada mustahkamlanishini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi hozirgi murakkab vaziyat, qo‘shni mintaqalardagi ziddiyat va qurolli nizolar O‘zbekistonning xavfsizligi va tinchligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
Mirziyoyev kelgusida ham mamlakat mudofaa salohiyati va harbiy qudratini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq va manzilli ishlar davom ettirilishini ta’qidladi.
“Mamlakatimizni havo hujumidan himoya qilish tizimi ham davr talablaridan kelib chiqib yanada kuchaytiriladi. Chegaralarimiz xavfsizligini zamonaviy kommunikatsiya vositalari va texnik inshootlarni keng qo‘llash orqali yanada mustahkamlaymiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sili PVO Uzbekistana provodat uchebnie sbori na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Afg‘oniston bilan chegarada O‘zbekiston harbiylari o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda
Yangiliklar lentasi
0