Migratsiya

Oʻn ming migrant charter poyezdlar orqali Rossiyaga olib ketiladi - RFdan delegatsiya keldi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishPribыtiye poyezda Tashkent-Moskva
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Rossiya delegatsiyasi tashrifi bugun 10-sentyabrda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazidan boshlandi va 11 sentyabrgacha davom etadi.
TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Oʻzbekistonga Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining oʻrinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Tashrif bugun 10-sentyabrda boshlandi va 11 sentyabrgacha davom etadi.
Tashrifning birinchi kunida mehmonlar Toshkent shahrida joylashgan band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyatni bilan tanishdi. Shu bilan birga, shu kuni "Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish boʻyicha pilot loyihani amalga oshirish"ga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
Ishga marhamat monomarkazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2020
Foto
Uch oyda oʻrgansa boʻladigan "pultopar" hunarlar: "Ishga marhamat" monomarkazidan reportaj
Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad esa qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining oʻn ming nafar mehnat migrantini charter poyezdlari orqali Rossiya Federatsiyasiga olib ketishdir.
Tadbirni ochib berar ekan, Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Oʻzbekiston va RF oʻrtasida strategik munosabatlar oʻrnatilgani, mehnat migratsiyasi sohasi rivoj topayotganini aytib, soʻnggi uch yilda bu yoʻnalishda uchta hukumatlararo bitimlar imzolanganini qoʻshimcha qildi.
Xususan, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytarish, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun qulayliklar yaratish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida xorijiy davlatlar vakolatlari tashkilotlari va salohiyatli ish beruavchilari bilan doimiy muzokaralar olib borilmoqda.
Tadbirda mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan holatda ishga jalb qilish, migrantlarning sogʻligʻini muhofaza qilish, ikki mamlakat IIV oʻrtasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha sessiya majlislari oʻtkaziladi.
Sotrudniki politsii i passajir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Migratsiya
Sobyanin qonunbuzar-migrantlarga "deport" va "zapret" qoʻllash davom etishini maʼlum qildi
Husanovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston hukumati oʻtgan yildan boshlab xorij davlatiga chiqib ketayotgan har bir mehnat migrantiga alohida eʼtibor bilan qaramoqda.
"Bizning asosiy vazifamiz, mamlakatdan ishlash uchun chet elga ketayotgan hech bir migrant kasbiy tayyorgarliksiz chiqib ketmasin. Bu maqsadda mamlakatimizning barcha regionlarida yuzdan ziyod tayyorlov markazlari tarmogʻi ishga tushirilgan. "Ishga marhamat" mono-markazlarida esa 30ga yaqin kasblarga va beshta xorijiy tillarga oʻqitish ishlari yoʻlga qoʻyilgan", - dedi Husanov.
Oʻzbekiston Mehnat vazirining taʼkidlashicha, joriy yilning 8 oyi davomida 51 mingdan ziyod mehnat migrantlari Rossiya Federatsiyasida ishga joylashtirilgan.
Mehnat migrantlarini huquqiy tomondan himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston hukumati bir nechta dasturlarni hayotga tatbiq etib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader