Jamiyat

Prezident davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi

Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirildi.
TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. “Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan:
Student za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Rossiya
Rossiyada talabalar uchun yagona ilova ishga tushiriladi
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:
● tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;
● bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.
Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.
Shunga koʻra, mazkur taʼlim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala