Siyosat

Putin: Afgʻonistondagi vaziyat mintaqa xavfsizligiga qanday taʼsir etishi noaniq

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Vladimir Putinning fikricha, Afgʻonistondagi inqiroz masʼuliyatsizlik bilan olib borilgan siyosatning bevosita oqibati boʻlib, uning natijalarini bugun butun jahon hamjamiyati "taʼtishga" majbur boʻlmoqda
TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Amerikaliklarning Afgʻonistondan ketishi yangi inqirozga olib keldi, bu mintaqaviy va global xavfsizlikka qanday taʼsir koʻrsatishi aniqmas, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitida chiqishi vaqtida.
"AQSH va uni ittifoqdoshlarini Afgʻonistondan chiqishi yangi inqirozga olib keldi va bu mintaqaviy hamda global xavfsizlikka qanday taʼsir koʻrsatishi, avvalgidek, noaniqligicha qolmoqda", - deya taʼkidladi Rossiya yetakchisi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Dunyoda
Toliblar yangi hukumatni eʼlon qildi, ammo uning tarkibi AQShga maʼqul kelmadi
Rossiya rahbari fikriga koʻra, Afgʻonistondagi inqiroz - masʼuliyatsizlik bilan amalga oshirilgan siyosatning bevosita oqibati boʻlib, bugun uni natijalarini butun jahon hamjamiyati "taʼtishga" majbur boʻlmoqda.
Putinning soʻzlariga koʻra, birlashma mamlakatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratishayotgani adolatdandir.
Avgust oyining oʻrtasida "Tolibon"* radikal harakati jangarilari Qobulni egallab, prezident saroyini qurshab oldilar. Oqibatda Ashraf Gʻani davlat rahbari vakolatlarini oʻzidan sokit qilib, respublikani tark etdi.
Shundan soʻng koʻp oʻtmay, "Tolibon"* harakati rahbariyati muvaqqat hukumat tarkibini eʼlon qildi.
* RFda taʼqiqlangan xalqaro terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader