Jamiyat

Ombudsmanning joylarda mintaqaviy vakillari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Bolat ShayxinovPortfel
Portfel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Ombudsman mintaqaviy vakillari fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashadi.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi.
Ombudsman mintaqaviy vakillari, jumladan:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, inson huquqlari monitoringini tashkil etadi va oʻtkazadi;
fuqarolarning shikoyatlarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashadi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari oʻzlarining faoliyatida bevosita ombudsmanga hisobdordir.
Deti sostavlyayut igrayut v nastolnыe igrы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Jamiyat
Bolalar ombudsmani instituti taʼsis etildi
Shuningdek, yangi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala