Iqtisod

Mirziyoyev saratonni davolaydigan dorilarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni buyurdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishMagnitno-rezonansnoye tomograficheskoye issledovaniye
Magnitno-rezonansnoye tomograficheskoye issledovaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Oʻzbekiston yetakchisi endilikda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish, ichki bozorni taʼminlash darajasini 80 foizga yetkazish vazifasini qoʻymoqda.
TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik, gormonal, qon preparatlarini Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatma berdi, deb xabar qildi bugun, 13 sentyabr kuni oʻtkazilgan brifingda prezident matbuot-kotibi Sherzod Asadov.
"Prezident tomonidan berilgan eng katta topshiriqlardan biri murakkab komponentli dorilarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha boʻldi. Oʻzbekistonga chetdan olib kelinayotgan dorilar tahlili ham shuni koʻrsatmoqdaki, ularning 51 foizi jenerik, 39 foizi biopreparatlardir. Onkologik, gormonal, qon preparatlari kabi bu vositalar narxi juda qimmatligi bemorlarga ham qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun prezident zarur texnologiyalarni olib kelib, bunday dori-darmonlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatma berdilar", - dedi Asadov.
Polevыe tsvetы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2020
Iqtisod
Buxorolik farmatsevt dorivor oʻsimliklarni oʻzi yetishtirmoqda
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning aytishicha, mamlakatda 2022-2026 yillarda qiymati 1,25 milliard dollarlik 104 ta investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etilishi moʻljallangan.
Ular orasidan onkologiyaga qarshi dorilarni ishlab chiqarish, vaktsinani mahalliylashtirish singari loyihalar oʻrin olgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarni ishlab chiqarishni yaxshi yoʻlga qoʻygan korxonalarni tanlab olib, korxonalarni tanlab olib, ushbu korxonalarga yana qoʻshimcha yer ajratish, kerakli infratuzilma, kredit, davlat roʻyxatidan oʻtkazish singari masalalarda koʻmak berish rejalashtirilgan.
Yuqorida aytilgan loyihalar natijasida 376 million dollarlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlanib, 84 million dollarlik eksport quvvati yaratilishi hisob-kitob qilingan.
Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2020
Jamiyat
Toshkent viloyatida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi
"Eng muhimi, 9 mingga yaqin kishi ish bilan taʼminlanadi. Prezidentimiz bu loyihalarning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini taʼkidlab, ularni jadallashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi", - deydi Kariyev.
Oʻzbekistonda 2017 yilda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tuzilgan boʻlib, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, qayta ishlash, yangi korxonalar tashkil etish uchun keng sharoitlar yaratildi.
Bularning natijasida minglab dori vositalari va tibbiy buyumlarni mamlakatda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Umumiy ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar oshdi va ichki bozorni 55 foizga taʼminlashga erishildi.
Oʻzbekiston yetakchisi endilikda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish, ichki bozorni taʼminlash darajasini 80 foizga yetkazish vazifasini qoʻymoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala