Rossiya

Rossiyada Oʻzbekistondan olib kelingan tuksiz shaftolilarda zamburugʻli kasallik aniqlandi

Nektarinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Rosselxoznadzor Oʻzbekistondan olib kelingan tuksiz shaftolilarda zamburugʻli kasallikni aniqladi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Rosselxoznadzor Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi bilan mevalar yetkazib berish masalasida muzokara oʻtkazdi.
Idora tomonidan Oʻzbekistondan olib kelingan tuksiz shaftolilarda (nektarin) zamburugʻli kasallik aniqlanishi bunga sabab boʻldi.

“Rossiya tomoni Oʻzbekiston nektarin partiyalarida YEOII aʼzo-davlatlari uchun karantin boʻlgan zamburugʻli kasallik - qoʻngʻir monilioz chirish (Monilinia fructicola) aniqlaganini maʼlum qildi”, - deyilgan xabarda.

Qizigʻi shundaki, ilgari bu karantin obʼyekt oʻzbek mevalarida aniqlanmagandi.
Rossiya tomoni tekshiruv oʻtkazish, tuksiz shaftolilarning kelib chiqishini aniqlash va faqat "toza" hududlarda yetishtirilgan mevalarni yetkazib berishga chaqirdi.
Tomatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Iqtisod
Rosselxoznadzor yana Oʻzbekistondan olib kelingan pomidorlarda virus aniqladi
Rosselxoznadzor taʼkidlashicha, qoʻngʻir monilioz chirish kasalligi nafaqat danakli mevalarga, balki poʻchogʻli urugʻi boʻlgan ekinlariga ham taʼsir qiladi - bularning hammasini Oʻzbekiston tomoni sinchkovlik bilan tekshirib chiqishi kerak.
"Muloqotning yana bir masalasi - oʻzbek mahsulotlarida sharqiy mevaxoʻr kapalaklar (Grapholitha molesta Busck.) aniqlanishi. Oʻzbekiston tomoni mahsulotlarda bu hasharot haqida import qiluvchi davlatlardan kelgan xabarlar sonining koʻpayganini tasdiqladi, uni tarqalishini oldini olish boʻyicha dasturga tuzatish kiritish rejalashtirilgan”, - deb qoʻshimcha qildi idorada.
Ilgariroq qoʻngʻir monilioz chirish kasalligi Ozarbayjondan olib kelingan tuksiz shaftoli va oʻriklarning ayrim partiyalarda aniqlangandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala