Rossiya

Moskva viloyatida pensioner ayol zoʻrlab, oʻldirildi: ikki nafar migrant qoʻlga olindi

© Sputnik / Maksim BlinovSlujebnыy avtomobil vozle zdaniya Sledstvennogo komiteta RF v Moskve.
Slujebnыy avtomobil vozle zdaniya Sledstvennogo komiteta RF v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Moskva viloyatida pensioner ayol zoʻrlab, oʻldirildi. Ikki nafar migrantga ayblov eʼlon qilindi.
TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Moskva viloyatida pensionerni zoʻrlash va oʻldirishda gumon qilingan ikki nafar migrantga nisbatan ayblov eʼlon qilindi, deb xabar berdi RF Tergov qoʻmitasi. RIA Novosti.
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Migratsiya
Moskvaga 200 ming ishchi migrant yetishmaydi – mer oʻrinbosari
Tergov qoʻmitasi xabarida aytilishicha, dushanba kuni 67 yoshli ayolning jasadi Sergiyev Posad yaqinidagi oʻrmonda zoʻravonlik belgilari bilan topilgan.
“Issiq izlar” boʻyicha ikki nafar migrant qoʻlga olindi - mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga koʻra, ular Tojikiston fuqarolari. Kuni kecha kechqurun qotillik sodir etilgan Bujaninovo qishlogʻining aholisi yigʻilib, gastarbayterlar yashaydigan yotoqxonani yopishni talab qilishdi.

"Moskva viloyati tergov organlari tomonidan qoʻshni davlatlarning ikki nafar fuqarosiga ayblov qoʻyildi. Ular pensionerni zoʻrlash va oʻldirishda ayblanmoqda (RF Jinoyat kodeksining 105 -moddasi 1 -qismi va 131 -moddasi 2 – qismi “a” bandi )", - deyilgan xabarda.

Voqea joyi koʻzdan kechirildi, jinoyat sodir etilgan vaqtda erkaklarning ustida boʻlgan kiyimlar olib qoʻyildi. Ayblanuvchilardan ekspertiza uchun biologik namunalar olindi. Sud-tibbiy, genetik, barmoq izlari, psixologik va psixiatrik ekspertizalar tayinlandi, guvohlar soʻroq qilindi.
"Yaqin vaqt ichida tergovchilar ayblanuvchilarga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tayinlash boʻyicha taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi", - deyiladi xabarda.
Tergov ularning Rossiyada boʻlish qoidalariga rioya qilishini tekshirib chiqadi, shuningdek, chet el fuqarolarining mamlakatda boʻlish tartibini nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligiga huquqiy baho beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader