Jamiyat

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasi bilan qachon emlanish mumkin?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik demonstriruyet flakon s I komponentom vaktsinы Gam-KOVID-Vak
Meditsinskiy rabotnik demonstriruyet flakon s I komponentom vaktsinы Gam-KOVID-Vak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasi oktyabrda emlash punktlariga yetkazib beriladi.
TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasi oktyabrda emlash punktlariga yetkazib beriladi. Bu haqda Jurabek Laboratories korxonasi vakili RIA Novostiga maʼlum qildi.
“Vaktsina hozircha omborda saqlanmoqda, oktyabr oyida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga vatsinalarni yetkazib berish boshlanadi”, - dedi suhbatdosh.
Birinchi bosqichda Olmaliqdagi zavod oyiga 2 million dozagacha “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqaradi.
Avgust oyida Oʻzbekiston hukumati Jurabek Laboratories korxonalarida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ruxsat bergandi.
V Tashkent dostavili 90 tыsyach doz vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonga “Sputnik V” vaktsinasining 90 ming doza ikkinchi komponenti keltirildi
May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgandi.
29 iyul kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.
31 iyul kuni Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi (RFPI) respublikada “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaktsinalar sifatni nazorat qilish maqsadida Gamaleya markaziga yuborilgandi.
11 avgust kuni Gamaleya markazidan “Sputnik V” vaktsinalarining ilk partiyasi sifati boʻyicha ijobiy natijalar olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala