Rossiya

Putin Bashar Asad bilan uchrashuv oʻtkazdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Sirii B. Asadom
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Sirii B. Asadom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Bashar Asad Moskvaga tashrif buyurdi va Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda terrorchilikka qarshi kurash va vaktsinalar haqida soʻz yuritildi.
TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Sizni Moskvada yana bir bor koʻrishdan xursandman. Avvalombor sizni yaqinda boʻlib oʻtgan tugʻilgan kuningiz bilan tabriklayman”, - dedi Vladimir Putin uchrashuv boshida.
Shundan soʻng Rossiya prezidenti Bashar Asadni yaqinda yakunlangan saylovlarning ijobiy natijasi bilan qutlab, Suriya aholisi mamlkatda urushlardan soʻng sodir boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlarni va tinch hayotgan qaytish jarayonini uning nomi bilan bogʻlayotganini qayd etdi.
Mamlakatni butunlay tiklashga u yerda boʻlib turgan xorijiy qurolli kuchlar xalal berayotganini aytib oʻtdi.
“Menimcha hozir bosh muammo bu xorijiy kuchlarning BMT ruxsati va sizning sanktsiyalaringizga ega boʻlmasdan turib, mamlakat hududida boʻlib turganidadir. Buxalqaro huquqqa zid va mamlkatni tezkor ravishda toʻliq tiklashga xalal bermoqda”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Undan tashqari ayrim hududlarda terrorchi va jangarilar haligacha borligi bilinayotganini va ular tinch aholiga tayziq oʻtkazayotganini ham aytib oʻtdi. Lekin shunga qaramasdan qochqinlar oʻz uylariga qaytayotgani va ularni tiklashga harakat qilayotgani ham qayd etildi.
Bashar Asad Suriyadagi muvaffaqiyatlar Rossiya va Suriya qurolli kuchlari birgalikda erishgan muvaffaqiyati ekanini tan oldi.
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Kolumnistlar
Xuddi oʻz uyidagidek: Turkiya Suriya shimolini egallab olmoqda
“Rossiya va Suriya armiyalari birgalikda nafaqat egallab olingan hududlarni tozalashda balkim terrorchilikni yoʻq qilishda, oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgan qochqinlarni qaytarishda katta muvaffaqiyatlarga erishishdi”, - dedi Suriya prezidenti.
Bashar Asad xalqaro terrorchilik chegara bilmasligini va butun dunyoga tarqalayotganidan afsusda ekanini qayd etdi. Insoniyatni ushbu balodan qutqarishda Suriya va Rossiya katta hissa qoʻshishdi, dedi Asad.
Rossiya prezidenti hamkasabasi fikriga qoʻshildi va ikki armiya birgalikda terrorchilarga kuchli zarba berganini qayd etdi.
“Biz birgalikda Suriyaning aksariyat hududlarini terrorchilardan tozaladik va ularga kuchli zarba berdik. Hozirgi kunda Suriya hukumati mamlakatning 90% hududini nazorat qilmoqda”, - dedi Putin.
Suhbat davomida prezidentlar COVID-19ga qarshi kurash va Rossiya vaktsinalari haqida ham soʻzlashdilar.
Rossiyaning "Sputnik V" va "Sputnik Layt" vaktsinalarining ilk partiyasi Suriyaga yetkazib berilgani ham qayd etildi. Suriya prezidenti alohida davlatlar va ayrim xalqaro tashkilotlar tomonidan Suriyaga nisbatan kiritilgan cheklovlarni – niqonuniy va gʻayriinsoniy deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala