Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Ahmad Masʼudni Yevropaga taklif qilishdi

Axmad Masud - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Niderlandiya deputati Bart Grutxeys Yevropa parlamenti sessiyasida shunday tashabbus bilan chiqdi.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. Yevropa parlamenti Panjsherdagi “Tolibon”*ga qarshi kuchlar yetakchisi Ahmad Masʼudni Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi kengashi sessiyalariga taklif qilishni koʻzda tutuvchi Afgʻonistonga oid rezolyutsiyani qabul qildi.
Niderlandiya deputati Bart Grutxeys Yevropa parlamenti sessiyasida shunday tashabbus bilan chiqqan.
“Keling, afgʻon qarshilik kuchlarining botir yetakchisini xuddi 20 yil avvalgidek uning afsonaviy otasi kabi Yevropa parlamentiga taklif qilaylik. Afgʻoniston uchun yorqin kelajakka boʻlgan umid hali soʻnmagan”, — dedi Grutxeys oʻz chiqishi davomida.
Aamaj News agentligi Afgʻoniston milliy qarshilik koʻrsatish fronti Tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi Ali Maysam Nazariy soʻzlarini keltirgan. Uning soʻzlariga koʻra, “Yevropa parlamenti milliy qahramon Ahmad Shoh Masʼudning kurashini yuqori baholagan va otasining vorisi deb tan olgan”.
Shu bilan birga, hozircha Panjsherdagi kuchlar yetakchisi bu taklifni qabul qilishi yoki qilmasligi haqidagi maʼlumot yoʻq.
نن په کابل کې چاودنه شوي چې ګڼ شميرخلګو ته يي مرګ ژوبله اړولې ده - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Ismoil-Xon: Ashraf Gʻani afgʻon armiyasiga toliblarga taslim boʻlishni buyurgan
Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistonda toliblarga qarshi milliy qarshilik koʻrsatish kuchlari tashkil etilgan. Unga mashhur afgʻon dala qoʻmondoni Ahmad Shoh Masʼudning oʻgʻli kichik Ahmad Masʼud rahbarlik qilmoqda.
Ularga Afgʻoniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh va marshal Abdul Rashid Doʻstum qoʻshilgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala