Iqtisod

Ayrim hududlarda alohida soliq rejimi joriy etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Alohida hududlarga Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 koʻchasi kiritilgan.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga imzo chekdi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan koʻshimchalarga koʻra, ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.
Alohida hududlar quyidagilardan iborat:
Fargʻona viloyatining Soʻx tumani;
Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi;
Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 koʻchasi.
Ayrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
foyda va daromad soligʻi boʻyicha – 1 foiz;
tadbirkorlar uchun har chorakda 25 ming soʻm;
ijtimoiy soliq boʻyicha:
yuridik shaxslar uchun – 1 foiz;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – yiliga BHMning kamida 1 baravari;
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi).
Davlat organlari soliq solish obʼyektlariga oid maʼlumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.
Kalkulyator na kuche deneg - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Iqtisod
Mirziyoyev: 2023 yildan QQS 12 foizga tushiriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala