Hodisalar

Oʻzbekistonda soxta 1 mln dollarni sotayotgan firibgarlar qoʻlga tushdi

Dollarы v rukax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Ikki firibgar bu hech qanday qiymatga ega boʻlmagan kupyurani fuqaro U.ga 40 ming dollarga sotishmoqchi boʻlishgan.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda 1 mln AQSH dollari koʻrinishidagi soxta kupyurani sotayotgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departament va DXX valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda qanday qiymatga ega boʻlmagan, 1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 mln dollar koʻrinishidagi yaxlit kupyurani sotmoqchi boʻlgan F.N. va I.P. ushlangan. Ular bu soxta pullarni fuqaro U.ga 40 ming dollarga sotishmoqchi boʻlishgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Hodisalar
Fuqaroni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan yubormoqchi boʻlgan firibgar ushlandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala