Iqtisod

DSQ 3500 ta kompaniyani qasddan bankrot boʻlishda gumon qilmoqda

Nalogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Ushbu toifadagi korxonalar byudjet oldida 6,7 trln soʻm umidsiz soliq qarzdorligini hosil qilgan holda bankrotlik asosida tugatilgan.
TOSHKENT, 16 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash maqsadida bankrotlik eʼlon qilingan 3500 holat aniqlanganligini maʼlum qildi.
DSQ matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan sunʼiy ravishda umidsiz soliq qarzdorligini yuzaga keltirish holatlari kuzatilmoqda. Bu jarayonlarda asosan korxona taʼsischisi va rahbarlari faol ishtirok etayotganligi qayd etilgan.
Xususan, soʻnggi 3 yilda 4 ming nafar taʼsischi va korxona rahbari tomonidan soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash maqsadida 3,5 mingta xoʻjalik subʼyekti tashkil etilgan.
Natijada ushbu toifadagi korxonalar byudjet oldida 6,7 trln soʻm umidsiz soliq qarzdorligini hosil qilgan holda bankrotlik asosida tugatilgan.
Hozirda bankrotlik asosida tugatilgan korxonalar taʼsischilari tomonidan yangidan korxonalar tashkil etilishi davom etmoqda.
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2019
Iqtisod
Mirziyoyev "Bankrotlik toʻgʻrisida"gi qonunga kiritilgan oʻzgartishlarni tasdiqladi
Qoʻmita shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida DSQ organlari tomonidan mazkur subʼyektlar faoliyati qatʼiy nazoratga olinganini bildirgan. Shuningdek, tegishli tartibda nazorat tadbirlari amalga oshirilib borilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala