Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari nega afgʻon qochqinlaridan voz kechmoqda - siyosatshunos izohi

© AFP / Ozan KoseAfganskiy migrant pyet vodu v Tatvane
Afganskiy migrant pyet vodu v Tatvane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Markaziy Osiyo davlatlari Afgʻonistondan minglab qochqinlarni nega qabul qilmayotganiga siyosatshunos Dmitriy Solonnikov izoh berdi
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari Afgʻoniston qochqinlarini umuman qabul qilmayapti deb boʻlmaydi, deb bayonot qildi siyosatshunos, zamonaviy davlatchilik rivojlanishi instituti direktori Dmitriy Solonnikov.
U general Doʻstum oʻzbek-afgʻon chegarasini Panj rayonida kesib oʻtgani haqida eslatib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, gap boshqa davlatlarda boshpana izlayotgan afgʻon fuqarolari haqida bormoqda.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻoniston terrorchilar makoniga aylanmoqda – Emomali Rahmon
Siyosatshunosning fikricha, Afgʻonistondan qochqinlarni qabul qilish masalasi uchta omilga borib taqaladi.
"Xavfsizlik oʻta muhim. Agar gap minglab qochoqlar haqida borar ekan, chegarani kesib oʻtadiganlarni jiddiy tekshiruvdan oʻtkazishning imkoni yoʻq. Ularning orasida terrorchilar boʻlishi turgan gap. Turli terrorchilar. Ular "Tolibon"* vakillari deyishdan yiroqmiz, ular "ID"* va "Al-Qoida"* vakillari boʻlishi ehtimoli bor", - dedi Solonnikov.
Ekspert ikkinchi omilni ijtimoiy holatga taqadi.
"Bu odamlarning taqdiri ne kechadi? Ularni qornini toʻydirish, jamiyatga moslashtirish, qayergadir joylashtirish kerak. Hech bir mamlakatda qochqinlar lagerlari barqarorlik olib kelmagan. Bu ijtimoiy muhitga va ichki siyosatga bosim oʻtkazadigan jiddiy omil", - deb qayd etdi Solonnikov.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Rossiya
Putin Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarining chiqarilishini qoraladi
Tashqi siyosat va qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro munosabatlar ham katta ahamiyatga ega, deb taʼkidladi u. Siyosatshunosning aniqlik kiritishicha, Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xitoy, vaqt oʻtishi bilan Afgʻoniston bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish kerak boʻladi. Bu holatda qochqinlar masalasi kun tartibidan tushmaydi.
"Shu bois, bu singari murakkabliklarni yaratishdan hech qanday naf yoʻq. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlarining birortasi va Rossiya afgʻon jamiyatida yuz bergan fojiaga aloqador emas", - dedi Solonnikov.
Siyosatshunosning qoʻshimcha qilishicha, respublikadagi vaziyat uchun javobgar boʻlgan davlatlar bor, qochqinlar bilan bogʻliq masalalarni aynan ular hal etishlari lozim.
* Rossiyada taqiqlangan tarrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala