Markaziy Osiyo mamlakatlari nega afg‘on qochqinlaridan voz kechmoqda - siyosatshunos izohi

© AFP 2023 / Ozan KoseAfganskiy migrant pyet vodu v Tatvane
Afganskiy migrant pyet vodu v Tatvane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘onistondan minglab qochqinlarni nega qabul qilmayotganiga siyosatshunos Dmitriy Solonnikov izoh berdi
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston qochqinlarini umuman qabul qilmayapti deb bo‘lmaydi, deb bayonot qildi siyosatshunos, zamonaviy davlatchilik rivojlanishi instituti direktori Dmitriy Solonnikov.
U general Do‘stum o‘zbek-afg‘on chegarasini Panj rayonida kesib o‘tgani haqida eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap boshqa davlatlarda boshpana izlayotgan afg‘on fuqarolari haqida bormoqda.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Afg‘oniston terrorchilar makoniga aylanmoqda – Emomali Rahmon
Siyosatshunosning fikricha, Afg‘onistondan qochqinlarni qabul qilish masalasi uchta omilga borib taqaladi.
"Xavfsizlik o‘ta muhim. Agar gap minglab qochoqlar haqida borar ekan, chegarani kesib o‘tadiganlarni jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishning imkoni yo‘q. Ularning orasida terrorchilar bo‘lishi turgan gap. Turli terrorchilar. Ular "Tolibon"* vakillari deyishdan yiroqmiz, ular "ID"* va "Al-Qoida"* vakillari bo‘lishi ehtimoli bor", - dedi Solonnikov.
Ekspert ikkinchi omilni ijtimoiy holatga taqadi.
"Bu odamlarning taqdiri ne kechadi? Ularni qornini to‘ydirish, jamiyatga moslashtirish, qayergadir joylashtirish kerak. Hech bir mamlakatda qochqinlar lagerlari barqarorlik olib kelmagan. Bu ijtimoiy muhitga va ichki siyosatga bosim o‘tkazadigan jiddiy omil", - deb qayd etdi Solonnikov.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Putin Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishini qoraladi
Tashqi siyosat va qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro munosabatlar ham katta ahamiyatga ega, deb ta’kidladi u. Siyosatshunosning aniqlik kiritishicha, Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xitoy, vaqt o‘tishi bilan Afg‘oniston bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu holatda qochqinlar masalasi kun tartibidan tushmaydi.
"Shu bois, bu singari murakkabliklarni yaratishdan hech qanday naf yo‘q. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlarining birortasi va Rossiya afg‘on jamiyatida yuz bergan fojiaga aloqador emas", - dedi Solonnikov.
Siyosatshunosning qo‘shimcha qilishicha, respublikadagi vaziyat uchun javobgar bo‘lgan davlatlar bor, qochqinlar bilan bog‘liq masalalarni aynan ular hal etishlari lozim.
* Rossiyada taqiqlangan tarrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0