Siyosat

Mirziyoyev Dushanbeda Rahmon bilan Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaLiderы Uzbekistana i Tadjikistana proveli vstrechu v Dushanbe
Liderы Uzbekistana i Tadjikistana proveli vstrechu v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Prezidentlar koʻp qirrali Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdi.
TOSHKENT, 16 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, ikki mamlakat prezidentlari Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashishgan.
Bundan tashqari, koʻp qirrali Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl v gorod Dushanbe dlya uchastiya v sammite SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi
Mirziyoyev Tojikistonning SHHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va boʻlajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli oʻtkazilishini tiladi.
Eslatib oʻtamiz, 16-17 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining majlisi boʻlib oʻtadi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasining qabul qilinishi, davlatlar rahbarlarining qarorlari va Tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir boshqa koʻp tomonlama hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan. SHHTga raislik Oʻzbekistonga oʻtishi sammitning muhim voqeasi boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala