Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil v gorod Dushanbe dlya uchastiya v sammite ShOS
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v gorod Dushanbe dlya uchastiya v sammite ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi.
Davlat rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
17 sentabr kuni bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.
Prezident bugunning o‘zida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi davlatlaridan biri. 2001-yilda tuzilgan mazkur tashkilotga bugungi kunda sakkizta mamlakat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo.
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Mirziyoyev ShHTning 20-yillik yubiley sammitida ishtirok etadi
O‘tgan 20-yilda tashkilot xalqaro doirada nufuzli tuzilmaga aylandi. Bugun ShHT makoni dunyo aholisining qariyb yarmini birlashtirgan, boy tabiiy resurslar, ilg‘or texnologiyalar va ulkan iste’mol bozoriga ega.
O‘zbekiston ShHTga savdo-iqtisodiyot, transport va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy xavf-xatarlar va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishning muhim vositasi sifatida qaraydi.
Mamlakat tashkilot doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0