Jamiyat

Oʻzbekistonda suv omborlari toʻgʻonlari endi yiliga ikki marta tekshiruvdan oʻtkaziladi

© Sputnik / A. Goryachev / Fotobankka oʻtishGolovnoye soorujeniye Farxadskoy gidroelektrostantsii (GES).
Golovnoye soorujeniye Farxadskoy gidroelektrostantsii (GES). - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Oʻzbekistonning 78 % yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan boʻlib, MSK – 64 shkalasi boʻyicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir boʻlishi kuzatiladi.
TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda suv omborlari toʻgʻonlari va gidroelektr stantsiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta oʻtkaziladi Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
"Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi boʻyicha tekshiruv va monitoringni oʻtkazishning quyidagi tartibi oʻrnatilmoqda:
I–IV toifa obʼyektlari har besh yilda seysmik mustahkamlik boʻyicha vizual tekshiruvdan oʻtkaziladi;
III–IV toifa obʼyektlari har oʻn yilda seysmik mustahkamlik boʻyicha instrumental texnik tekshiruvdan oʻtkaziladi;
- suv omborlari toʻgʻonlari va gidroelektr stantsiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta oʻtkaziladi;
- har bir kuchli zilziladan soʻng (5,0 magnitudali) suv omborlari toʻgʻonlarida zudlik bilan instrumental texnik tekshiruvlar oʻtkaziladi
Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2021
Jamiyat
“Sardoba ishi”: 17 kishiga sud hukmi eʼlon qilindi
Brifingda maʼlum qilindiki, Oʻzbekistonning 78 % yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan boʻlib, MSK – 64 shkalasi boʻyicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir boʻlishi kuzatiladi.
Shu sababli, mamlakat aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish, masʼul davlat organlarining bu boradagi vakolatlarini belgilash hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik koʻrish, ularning oqibatlarini bartaraf etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati mavjud.
Situatsiya v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshel prorыv dambы na Sardobskom vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Jamiyat
Sardoba suv ombori nega oʻpirilgani haqida rasmiy xulosa eʼlon qilindi
"Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida"gi Qonuni Fanlar akademiyasi tomonidan Oʻzbekiston prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun 5 bob, 26 moddadan iborat.
Qonunda Vazirlar Mahkamasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi hamda davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari belgilab berildi.
Unga koʻra:
- Vazirlar Mahkamasi masʼul davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, seysmik xavf darajasini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qiladi.
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash obʼyektlari ahamiyatiga koʻra 4 ta toifaga boʻlinmoqda:
xavflilik omili past (I toifa, vaqtincha pavilonlar, kioskalar, omborlar v.b.);
oʻrta (II, yakka tartibdagi uy-joylar (3 qavatgacha), oromgohlar, umumiy ovqatlanish v.b.);
yuqori (III, koʻpriklar, tonnellar, yoʻl oʻtkazgichlar, oʻrta va koʻp qavatli (3 va undan yuqori) uylar hamda mehmonxonalar, taʼlim muassasalari v.b.);
oʻta yuqori (IV, suv omborlari toʻgʻonlari, GESlar, mudofaa obʼyektlari, radiaktiv moddalarni saqlash, tozalash va koʻmish obʼyektlari v.b.);
Kuchli zilzilalar natijasida zarar koʻrgan obʼyektlarni tiklash Davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Fuqarolarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Senatining 31-iyul kungi XVII yalpi majlisida maʼqullangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala