Rossiya TIV Vashingtonni va Amerika biznesini jiddiy ogohlantirdi

© Foto : MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Google va Apple kompaniyalari vakillarini hamda Vashington rasmiylarini bo‘lajak parlament saylovlariga aralashmaslik haqida jiddiy ogohlantirdi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi Vashington rasmiylarini va Amerika biznesi vakillarini kelayotgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan Rossiya Davlat Dumasi saylovlariga aralashmaslik haqida jiddiy ogohlantirdi, dedi TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

“Biz, AQSh hukumati tezkorlik bilan kerakli choralarni ko‘radi deb umid qilamiz. Xabaringiz borki, hozirga qadar Rossiya tomoni Amerika biznesiga qarshi hech qanday chora qabul qilmagan edi, lekin bizning ham sabrimiz cheksiz emas”, - dedi Zaxarova.

Undan tashqari, AQShning Rossiyada faoliyat yuritayotgan Google va Apple kompaniyalari vakillari Federatsiya Kengashi xavfsizlik masalalari bo‘yicha raisi huzurga chaqirilib, saylovga o‘tkazilishi xavfsizligi hamda saylovlarga aralashmaslikka doir jiddiy ogohlantirish berildi.
Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Moskva sudi Facebook, Twitter va Telegramga yana jarima soldi
Biroz oldin, Rossiya tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar bo‘yicha AQSh rahbariyatiga Rossiya saylovlariga aralashishga oid rad etib bo‘lmas dalillarni yuborganini va ushbu kontent AQSh kompaniyalariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan zudlik bilan olib tashlanisht kerakligi haqia ogohlantirgan edi.
Shundan so‘ng AQSh elchisi Jon Sallivan Smolensk maydoniga taklif qilingan edi. (Rossiya TIV binosi aynan shu yerda joylashgan)
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Davlat Dumasiga ovoz berish 17-19 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Qonun chiqaruvchi organga jami 450 nafar deputatlar saylanishi kerak. Saylovlar onlayn va oflayn ko‘rinishda bo‘li bo‘tadi.
Undan tashqari bu safargi saylovlarda 7ta aholi zich joylashgan hududlarda onlayn ovoz berish imkoni mavjud. Shu sababli ham saylovlarning xavfsizlik masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0