Tojikcha mehmonnavozlik: Rahmon ShHT va KXShT yetakchilari uchun yorqin kecha tashkillashtirdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmon Dushanbeda ShHT va KXShT a’zo-mamlakatlari rahbarlari sharafiga ochiq osmon ostida do‘stlik kechasini tashkillashtirdi
TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon KXShT va ShHT majlislari tugashi bilan Dushanbedagi hukumat uyida oliy martabali mehmonlar sharafiga do‘stlik kechasini tashkillashtirdi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati.
Hukumat uyining ko‘rkam burchagida Rahmon mehmonlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yorqin ko‘rgazmasini tomosha qildi. Bu minglab mevalar va quritilgan mevalar, tarvuzlar va qovunlar, shuningdek, mamlakat milliy taomlari ko‘rgazmasi edi.
Sammit ODKB v Dushanbe 16-sentabrya 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Dushanbedagi KXShT sammitida imzolangan hujjatlar ro‘yxati
Kechada Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon ishtirok etgan.
Do‘stlik kechasi Tojikiston mustaqilligining 30-yilligi, ShHTning 20-yilligi va Tojikistonning KXShTdagi raisligiga bag‘ishlangan.
Ta’kidlanishicha, mehmonlar o‘ta iliq do‘stona va birodarlik muhitida muloqot qilishgan va Tojikiston rahbariga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirishgan.
Yangiliklar lentasi
0