Dunyoda

Frantsiya ilk bor AQSH va Avstraliyadan oʻz elchilarini chaqirib olmoqda

© Sputnik / Vitaliy BelousovFlag Frantsii
Flag Frantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Tarixda birinchi marta Frantsiya hukumati AQSH va Avstraliyadan oʻz elchilarini chaqirib oldi.
TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Tarixda birinchi marta Frantsiya hukumati AQSH va Avstraliyadan oʻz elchilarini chaqirib oldi, deb xabar berdi RTL radiosi.
Avvalroq Frantsiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Parijga AQSH va Avstraliyadagi elchilarining maslahatlashuv uchun chaqirib olishini eʼlon qilgandi. TIV suv osti kemalari boʻyicha shartnomani bekor qilgani uchun bunday qarorni qabul qildi.
Prezident SSHA Djo Bayden na press-konferentsii po zaversheniyu sammita G7  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Kolumnistlar
Urush boshlamasin tagʻin: AQSH prezidentidan yadro tugmachasini olib qoʻyishdi
Yuzaga kelgan vaziyatga qaramay, AQSH administratsiyasi Frantsiya hukumati bilan yaqin aloqani davom ettirmoqda va yaqin kunlarni kelishmovchiliklarni hal qilish boʻyicha ish olib boradi. Bu haqda Oq uy milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Emili Xorn maʼlum qildi.
Avstraliya bundan oldin Buyuk Britaniya va AQSH bilan AUKUS mudofaa va xavfsizlik qilish boʻyicha kelishuvga erishgan. Shu munosabat bilan, Avstraliya hukumati Frantsiyaning Naval Group kompaniyasi bilan suv osti kemalarini yetkazib berish kelishuvidan chiqishini eʼlon qildi. Hujjat 56 milliard yevroga Barracuda sinfidagi 12 ta suv osti kemasini ishlab chiqarishni nazarda tutgan. Le Drian bu qarorni "orqaga pichoq urish" deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, u "gʻazabda". Parij Avstraliya va AQShdan tushuntirish kutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader