Jamiyat

"Sogʻlom turmush tarzi" platformasi: Turizm va sport vazirligi rasmiy munosabat bildirdi

Uchastniki zabega - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Turizm va sport vazirligi "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi ishlashda davom etishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Turizm va sport vazirligi "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi ishlashda davom etishini maʼlum qildi.
“Turizm va sport vazirligining sport yoʻnalishidagi saytida 1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga pul toʻlash vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berildi, biroq axborot xizmati xodimi maqolada asossiz va tasdiqlanmagan maʼlumot bergani bois aholi orasida bu borada tushunmovchilik paydo boʻlgan.
Taʼkidlash joizki, "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi 1hls.uz veb-sahifasi davlatimiz rahbarining "Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 6099-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 253-sonli qaroriga muvofiq yoʻlga qoʻyilgan.
YA vlyubilas v etot marafon kak raz za to, chto tы realno uvidish ves Tashkent, uvidish vsyu krasotu, i eto ochen zdorovo, — govorit uchastnitsa marafona. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Jamiyat
Piyoda eng koʻp yurganlarga pul toʻlash toʻxtatildi - sabab
Mazkur platforma boʻyicha joriy yil 10-iyundan 13-sentyabrga qadar bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd soʻm mablagʻlar toʻlab berildi.
Shu bilan birga, har oyda har bir tuman (shahar) boʻyicha eng koʻp piyoda yurgan shaxsga - 300 ming soʻmdan, har bir hudud boʻyicha eng koʻp piyoda yurgan shaxsga - 500 ming soʻm, respublika boʻyicha eng koʻp piyoda yurgan shaxsga qoʻshimcha ravishda 1 mln soʻm mablagʻ foydalanuvchilarning elektron hamyoniga oʻtkazib berildi. Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida esa jami 206,7 mln soʻm mablagʻ foydalanuvchilar elektron hamyoniga oʻtkazib berildi.
Beg, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul toʻlash boshlanadi
Hozirgi pandemiya davrida aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda unga rioya qilish juda muhim. Platformaga oid xabarning OAV va aholi orasida bu qadar keng tarqalishi unga boʻlgan qiziqishning yuqori ekanini va platforma yaratish qarori qanchalik toʻgʻri boʻlganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Shunday ekan, Turizm va sport vazirligi axborot xizmati mazkur xabarni yetkazishda xatolikka yoʻl qoʻygani uchun uzr soʻragan holda, "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi ishlashda davom etishini maʼlum qiladi. OAV vakillari va aholini chalgʻituvchi xabar bergan xodimga esa tegishli ogohlantirish berilganini maʼlum qiladi”, - deyilgan vazirlik bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala