Analitika

Davlat dumasiga saylovlar qanday boʻlib oʻtmoqda: xalqaro kuzatuvchilar baholari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishYedinыy den golosovaniya v Rossii
Yedinыy den golosovaniya v  Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2021
YEXHTning oʻz kuzatuvchilarini Rossiyaga yuborishdan bosh tortishi zamiri ostida nima yotganini MDH Parlamentlararo assambleyasi aʼzolari Sputnik nashriga bergan eksklyuziv intervyusida tushuntirishdi.
TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiyada Davlat dumasiga deputatlar saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Ilk marta ovoz berish uch kun davom etadi. Qolaversa, nafaqat saylov uchastkasiga tashrif buyurib, balki onlayn ovoz berish ham imkoniyati yaratilgan.
Rossiya saylovlarining yangi shakli butun MDH uchun tendentsiyaga aylanadimi? YEXHTning Rossiyaga oʻz kuzatuvchilarini yuborishdan bosh tortishi jarayonga taʼsir koʻrsatadimi va Yevroparlamentning Davlat dumasiga saylovlar natijalari borasidagi bayonotini qanday baholash mumkin? Bu haqda MDH Parlamentlararo vakillari – Qozogʻiston parlamenti senati raisi oʻrinbosari, MDH Parlamentlararo kuzatuvchilari muvofiqlashtiruvchisi Askar Shakirov va MDH Parlamentlararo kengashi kotibiyati rahbari oʻrinbosari, Monitoring taraqqiyoti xalqaro instituti direktori Ivan Mushket Sputnik nashriga bergan intervyusida oʻz fikrlarini bildirishdi.

Gap faqat pandemiyada emas

Bu yilgi saylovlar pandemiyaning misli koʻrilmagan sharoitida oʻtkazilmoqda va Rossiya fuqarolar uchun barcha xavfsizlik choralarini taʼminlay oldi, deb hisoblaydi Askar Shakirov.
“Biz tashrif buyurgan uchastkalarning bari jihozlangan, karantin choralariga qatʼiy rioya qilishmoqda. Biz kuzatuvchilarni soʻroqqa tutdik va barcha himoya vositalari, sanitayzerlar borligini bilamiz”, - dedi u va uchastkaga kirishda nafaqat saylovchilarning, balki OAV vakillari hamda xalqaro kuzatuvchilarning harorati oʻlchanganini qoʻshimcha qildi.
Shu bilan unutmaslik zarurki, Rossiyaga pandemiyaga qadar elektron ovoz berish toʻgʻrisidagi qonunni ishlab chiqishni boshlagandi va avvalo saylovlarni takomillashtirilgan qaratilgan, deydi Askar Shakirov. “Masofaviy shaklni turli jihatlarni koʻrib chiqish darkor, nafaqat pandemiya nuqtai nazaridan, - deydi Shakirov.- U keksa yoshdagilar va imkoniyati cheklanganlarni himoya qilishni nazarda tutadi, mamlakatdan tashqarida boʻlganlar uchun ham qulay, ular ham ovoz berishlari mumkin. Infratuzilmalar talablarga mos keladi, elektron blyuletenlar toʻxtamasdan ishlab turibdi”.
V Samarkande nachalos golosovaniye  na vыborax deputatov Gosudarstvennoy Dumы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2021
Siyosat
Samarqandda Rossiya Davlat dumasi saylovlariga ovoz berish boʻlib oʻtmoqda
Duma saylovlarida 14 ta siyosiy partiyalar qatnashmoqda, MDH Parlamentlararo esa ularning vakillari bilan uchrashdi, deydi Ivan Mushket.

Elektron ovoz berish – MDH uchun boʻlajak trend?

Askar Shakirov elektron ovoz berish amaliyotini avvalo rossiyaliklarning oʻzi baholashi lozimligini qayd etadi. “Lekin men butun guruhimiz fikrini bildiraman – bu tajriba oʻrganishga arzirli, - deydi u. – Zamonaviy trendlar koʻplab mamlakatlar uchun umumiy”.
Raqamlashtirish nafaqat Rosiyada, balki mamlakatlarda ham rivojlanmoqda, deb qoʻshimcha qiladi Ivan Mushket. “Biz allaqachonlar axborot jamiyatida yashayapmiz, uning oʻz chaqiriqlari bor, biz yana bunga javoban turli texnologiyalarni rivojlantiryapmiz, - deya tushuntiradi u va Moldovani misol qilib keltiradi. – Bu yil “Raqamlashtirish va saylovlar” monografiyasini tayyorladik, bu mamlakatdagi zamonaviy texnologiyalar taraqqiyotini oʻrgandik. Shuningdek, raqamli texnologiyalar Qirgʻizistonda rivojlangan”.
Biroq tan olish zarur: aholining bir qismi elektron ovoz berishga ishonchsizlik bilan qaraydi, deb aniqlik kiritadi Ivan Mushket. “Odamlar oʻylashadiki, qutiga byulleten tashlash bu boshqa, mashina esa buni qanday hisoblaydi? Shu bois masofaviy ovoz berish rivojlanadi va boshqa Hamdoʻstlik mamlakatlariga stimul beradi. Lekin bu juda tez roʻy beradi va ertaga hamma onlayn ovoz berishni boshlaydi deb oʻylamayman. Kimdir elektron qurilmalardan foydalanishda uncha kuchli emas, aholi bilan tushuntirish ishlari olib borish kerak boʻladi”.

Ovoz berishga nega uchun uch kun kerak

Duma saylovlaridagi yana bir yangi keng muhokama uchun sabab boʻldi. Duma deputatlarni saylov tarixida ilk bor uch kun saylash mumkin. Ammo bundan hech qanday gʻayri tabiiylik yoʻq, deydi Askar Shakirov.
“Bu vaqt mobaynida koʻp odamlarni qamrab olish mumkin. Odamlar huquqini himoya qilishni nazarda turib, biz ularning barchasiniki himoya qilish zarurligini aytamiz”, - deydi u.
Predstavleniye v TSIK Rossii dokumentov politicheskix partiy k vыboram v Gosdumu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Rossiya Davlat dumasi saylovlariga kuzatuvchilar delegatsiyasini yubordi
Ivan Mushket uning fikriga qoʻshiladi.

Gʻarb bayonotlari nomaqbul

MDH Parlamentlararodan farqli oʻlaroq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (YEXHT DIIHB) oʻz kuzatuvchilarini Rossiyaga yuborishdan bosh tortdi. Askar Shakirov bunday qaror afsuslanishni keltirib chiqaradi.
“Saylovlar – bu nafaqat ularni oʻtkazish jarayonini nazorat qilish, - deb tushuntiradi u oʻz nuqtai nazarini. – Bu fikrlar bilan oʻzaro almashish hamdir, bu boshqa mamlakatlar uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish. Men kuzatuvchilar vakili sifatida aytishim mumkinki, qonun buzilishlari aniqlanmadi. Biz umumeʼtirof etilgan normalarga tayanamiz – bu, xususan, MDHda demokratik saylovlar standartlari toʻgʻrisidagi konventsiya (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga ishtirokchi davlatlarda demokratik saylovlar, saylovga doir huquqlar va erkinliklar standartlari toʻgʻrisidagi konventsiya – tahr.)”.
Oʻtgan safargi saylov jarayonlarini monitoring qilishda MDH Parlamentlararo yevropalik hamkorlar bilan fikr almashgandi, muloqot borgandi, deydi Ivan Mushket. “Ularni taklif qilishmadi, ular kelishmadi – bu ularning qarori, lekin boshqa muhim jihat bor. Demokratiya kurtaklarini parvarishlovchi tashkilot kelishi va saylovlar qanday oʻtayotganini koʻrishi mumkin edi”.
Ammo ayrim tashkilotlar muddatidan avval bayonotlar berishdan tap tortmayapti, deydi Mushket Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga oʻz maʼruzasida Davlat dumasi saylovlari natijalarini tan olmaslikka tayyor boʻlishga tavsiya qilgan Yevroparlamentni nazarda tutgan holda.
“Kelish oʻz xulosalarini chiqarish lozim, boʻlmasa bu axloq-odob jihatdan nomaqbul. Koʻpchilik siyosatchilar bu haqda gapirishmoqda, guruhimiz ham oʻz fikrlari bilan almashmoqda. Ha, men oʻylaymanki, bu nomaqbul xatti-harakati”, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader