Jamiyat

SSV: tibbiyot xodimlarining 71,6 foizi koronavirusga qarshi toʻliq emlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2021
15 sentyabr holatiga koʻra tibbiyot xodimlarini emlash uchun 982 144 doza vaktsina ishlatilgan.
TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda 452 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmatining emlash jarayonlarining 5 yarim oylik tahlillariga oid taqdim etgan maʼlumotlaridan maʼlum boʻldi.
Qayd etilishicha, 15 sentyabr holatiga koʻra tibbiyot xodimlarini emlash uchun 982 144 doza vaktsina ishlatilgan.
452 205 nafar tibbiyot xodimi virusga qarshi 1-doza vaktsinalari bilan emlangan boʻlsa, ularning 324 253 nafari koronavirusga qarshi toʻliq emlangan.
“Shunday qilib, emlanishi kerak boʻlgan tibbiyot xodimlarining 71,6 foizi toʻliq emlanganini koʻrishimiz mumkin”, - deyilgan xabarda.
Mamlakatda emlanish jarayoni boshlangandan buyon ayni kungacha jami 18 273 581 doza vaktsinadan foydalanildi. Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 3 669 298 nafarni tashkil qilmoqda.
Vaktsinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala