Jamiyat

TIV: Permdagi otishmada jarohatlangan va halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishStrelba v universitete v Permi
Strelba v universitete v Permi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Vaziyat Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Rossiyaning Perm davlat milliy tadqiqot universitetidagi otishma natijasida Oʻzbekiston fuqarolari jabrlanmagan. Bu haqda Oʻzbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov xabar qildi.
“Shuni maʼlum qilamanki, Perm davlat milliy tadqiqot universitetida roʻy bergan otishmada jarohatlangan va halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, vaziyat Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Perm davlat universitetidagi otishma oqibatida olti kishi qurbon boʻlgan, yana 28 kishi jarohatlangan. Hujum qilgan shaxs huquqni muhofaza qilish organlariga qarshilik koʻrsatish vaqtida yaralangan.
Voqea joyida tibbiyot, politsiya xodimlari va tergovchilari ish olib bormoqda. Jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Perm oʻlkasidagi taʼlim muassasalarida bir kunga darslar bekor qilindi hamda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Strelba v universitete v Permi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Rossiya
Perm universitetida otishma: qurbonlar bor
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader