Siyosat

"Yedinaya Rossiya" partiyasi 49,82% ovoz bilan RF Davlat Dumasiga saylovlarda gʻolib boʻldi

© Sputnik / Mixay Karaus / Fotobankka oʻtishRossiyskiye flagi na izbiratelnom uchastke v zdanii predstavitelstva Rossotrudnichestva
Rossiyskiye flagi na izbiratelnom uchastke v zdanii predstavitelstva Rossotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Rossiyada saylov yakunlari eʼlon qilindi. Gʻolib partiyalar beshligidan KPRF, LDPR, "Spravedlivaya Rossiya za pravdu" va "Novыe lyudi" partiyalari oʻrin olgan
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. "Yedinaya Rossiya" partiyasi 49,82% ovoz bilan Rossiya Davlat Dumasi deputatligiga oʻtkazilgan saylovlarda gʻolib boʻldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda.
"Saylov byulletenlari 100 foiz sanalgach, Yedinaya Rossiya" 49,82 % ovoz bilan Davlat Dumasiga yetakchilikni saqlab qolgani, KPRF — 18,93 ovoz bilan ikkinchi oʻrinni, LDPR — 7,55 foiz ovoz bilan uchinchi oʻrinni egallagani maʼlum boʻldi", - deb xabar qildi MSK.
Predstavleniye v TSIK Rossii dokumentov politicheskix partiy k vыboram v Gosdumu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Rossiya Davlat dumasi saylovlariga kuzatuvchilar delegatsiyasini yubordi
Shuningdek, "Spravedlivaya Rossiya — za pravdu" — 7,46 foiz ovoz, "Novыe lyudi" — 5,32 foiz ovoz bilan yetakchi beshlikdan oʻrin olgan.
Shu tariqa, RF Davlat Dumasiga besh foizli elektoral toʻsiqni yenggan holda beshta partiya oʻtishga muvaffaq boʻlgan.
Rossiya Davlat Dumasi saylovlar 17 sentyabrdan 19 sentyabrga qadar boʻlib oʻtdi.
MSK rahbari Ella Pamfilovaning soʻzlariga koʻra, Parlament saylovlarida ovoz beruvchilarning 51,68 foizi qatnashgan, yakuniy natijalar esa, juma kuni, 24 sentyabrda eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala