Jamiyat

Pensiya taʼminoti: yangi qonun loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi” Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid hujjat loyihasi umumiy muhokamga qoʻyildi.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Moliya vazirligi Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini tayyorladi.
Rebenok na krayu skami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoshi 5 yilga uzaytirildi
Loyihada quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish nazarda tutilmoqda:
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi toʻlovlarini marhumning qaramogʻidagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy oʻrta taʼlim muassasasi, akademik litsey va oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan boʻlsa 23 yoshga toʻlgunga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini toʻlash;
- nogironligi bolalikdan boʻlgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qoʻshib hisoblash;
- respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud boʻlgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan soʻng bir oy ichida pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo boʻlgan sanadan tayinlash taklif etilmoqda.
Qonuni loyihasining qabul qilinishi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan yiliga oʻrtacha 51,4 mlrd.soʻm qoʻshimcha mablagʻ talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil 1 sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala