Jamiyat

Qashqadaryoda oʻquvchilarni polga oʻtqazib dars oʻtgan oʻqituvchilar jazolandi

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishPodgotovka shkolы k novomu uchebnomu godu
Podgotovka shkolы k novomu uchebnomu godu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Maktab maʼmuriyatiga nisbatan intizomiy javobgarlik qoʻllanildi, video tasvirga tushirgan oʻqituvchilar esa hayfsan intizomiy jazosini oldilar.
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Qashqadaryoda darslarni polga oʻtkazgan masʼullar jazoga tortildi.
Sal avval, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatovga atalgan "Yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlaringiz koʻzni quvontiradi! Lekin Yakkabogʻda sizni islohotlaringiz yetib kelgani yoʻq!", deyilgan video-murojaat viloyat prokuraturasi tomonidan oʻrganilgan va jamoatchilikka eʼlon qilingandi.
Maʼlum boʻlishicha, Yakkabogʻ tumanidagi 39-sonli maktab binosi 1974 yilda qurilgan va 420 ta nafar oʻquvchilarga moʻljallangan. 2021 yilda mazkur maktab rekonstruktsiyasi uchun 3 mlrd 102 mln 400 ming soʻm pul ajratilgan boʻlib, joriy yil 10 sentyabr kuni remont ishlari yakunlangan.
Shkolnыe prinadlejnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Analitika
Erkak oʻqituvchilar, qayerdasiz?
Biroq, qurilish ishlari yakunlanganiga qaramay 27 ta sinfxona uchun 405 ta partalar, oʻz vaqtida yetkazib berilmagan.
Oʻrganish davomida, oʻqituvchilar N.S va O.Slarning maktab direktori bilan darslarni taqsimoti boʻyicha kelisha olmaganligi sababli, ijtimoiy tarmoqlarda maktab maʼmuriyatini kamchiliklarini koʻrsatish maqsadida, partalari bor xonalarda dars oʻtishni iloji boʻla turib ataylab vaziyatni boʻrttirish uchun jihozlanmagan xonalarda dars oʻtilgan.
Maʼlum qilinishicha, oʻqituvchi kasb-etikasiga toʻgʻri kelmaydigan va salbiy taʼsir koʻrishga uringanlari uchun oʻqituvchilar N.S va O.S.lar hayfsan intizomiy jazosi olgan.
Shuningdek, tekshiruv natijasi boʻyicha oʻquv yilini toʻgʻri tashkil qilishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan sababli maktab maʼmuriyatiga nisbatan ham intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala