Dunyoda

Yana ayollarsiz: Afgʻoniston muvaqqat hukumatida vazir oʻrinbosarlari tayinlandi

© Sputnik / Stringer Bыvshaya krupnaya baza SSHA v Xoste pod kontrolem talibov
Bыvshaya krupnaya baza SSHA v Xoste pod kontrolem talibov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Roʻyxatda turli idoralar vazir oʻrinbosarlari keltirilgan, ularning ayrimlari tadbirkorlar va oʻz sohalarining mutaxassislaridir.
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. "Tolibon"* hukumati Afgʻonistonning yangi hukumatidagi vazirlar oʻrinbosarlari roʻyxatini eʼlon qildi. Bu haqda toliblar vakili Zabiullo Moʻjohidning soʻzlariga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
"(Toliblar yetakchisi Xaybatulloh Oxunzodning - tahr.) farmoniga koʻra Islom amirligida (toliblar tizimining nomi - tahr.) quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi... Yetuk malaka va kompetentsiya asosida amalga oshirilgan yangi tayinlovlar Islom amirligining bundan keyin mustahkamlanib borishi hamda uning tuzilmalarini standartlashtirishga xizmat qiladi", - deyiladi Mujohid bayonotida.
Spetsialnыy predstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Siyosat
Afgʻonistonga muloqot orqali yordam berishni oʻylash kerak – Ismatulla Ergashev
Roʻyxatda turli idoralar vazir oʻrinbosarlari keltirilgan, ularning ayrimlari tadbirkorlar va oʻz sohalarining mutaxassislaridir. Jumladan, savdo vaziri vazifasini bajaruvchi etib Hoji Noruddin Aziziy, sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari etib Abdula Bari Umar tayinlangani eʼlon qilingan.
Avgust oyi boshida toliblar Afgʻoniston hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirdilar. 15 avgust kuni ular Qobulga kirib borib, urush yakunlanganini eʼlon qildi. Avgust oyining oxirgi ikki haftasida amerika harbiylari qoʻrigʻida boʻlgan Qobul aeroportidan Gʻarb mamlakatlari va ular bilan hamkorlik qilgan afgʻonlarning ommaviy evakuatsiyasi amalga oshirildi. 31 avgustga oʻtar kechasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etishdi, bu bilan AQShning Afgʻonistondagi 20 yillik faoliyatiga chek qoʻyildi. 6 sentyabr kuni toliblar janglardan soʻng 34 afgʻon provintsiyasining eng soʻnggisi - Panjsher ular nazoratiga oʻtgani haqida bayonot berdi.
Termez - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Iqtisod
Surxondaryodagi afgʻon investorlari viza masalasida yechim kutmoqda
Ertasi kuni Afgʻoniston muvaqqat hukumati tarkibi eʼlon qilindi. "Tolibon"*ning birinchi hukmronligi vaqtida TIV rahbari kursisini egallagan va 2001 yildan buyon BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund muvaqqat hukumat rahbari etib tayinlandi.
* RFda taʼqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader