Iqtisod

Qirqdan ortiq Oʻzbekiston kompaniyasi Tojikistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi

© SputnikVыstavka yarmarka produktsii promыshlennыx tovarov Respubliki Uzbekistan 2017
Vыstavka yarmarka produktsii promыshlennыx tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Dushanbeda boʻlib oʻtadigan biznes-forumda Oʻzbekiston kompaniyalari ishtirok etadi.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Dushanbeda boʻlib oʻtadigan biznes-forumda Oʻzbekistondan 40 tadan ortiq kompaniya ishtirok etadi, deb xabar berdi Tojikiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Ikki tadbirda oʻzbekistonlik ishbilarmonlarning ishtiroki kutilmoqda.
"Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida - toʻqimachilik, charm va poyabzal, oziq–ovqat mahsulotlari, zargarlik buyumlari, farmatsevtika, qurilish va mebel ishlab chiqaruvchi 40 dan ortiq kompaniya boʻladi", - deyiladi xabarda.
Dushanbeda Made in Uzbekistan biznes missiyasi Tojikiston Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tashkil etiladi.
23-24 sentyabr kunlari Dushanbeda biznes-forum va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Detskiy sad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Siyosat
Tojikiston hukumati Oʻzbekistonda qurayotgan bogʻchaning ochilish sanasi maʼlum boʻldi
Iqtisodiyotning 14 tarmogʻi oʻz yutuqlarini namoyish etadi. Ishlab chiqaruvchilar qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini namoyish qiladilar.
Shuningdek, koʻrgazmada qurilish materiallari, toʻqimachilik va kiyim-kechak, charmdan yasalgan aksessuarlar va poyabzal, ipak matolar va buyumlar, elektronika va maishiy texnika, mebel, santexnika, zargarlik buyumlari va boshqalarni koʻrish mumkin.
Biznes-forum doirasida investitsiyalarni jalb qilish, qoʻshma korxonalar ochish, Tojikistonda va erkin iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala